AQŞ prezidenti Donald Trampning Birinçi jahon uruşi yakunlanganiga 100 yil tölişi munosabati bilan taşkil etilgan xotira tadbirlari tufayli Fransiyaga taşrifi Qöşma Ştatlar yetakçisining Yevropaga amalga oşirilgan navbatdagi önğaysiz safariga aylandi. U aloqalarni yaxşilaş imkoniyatidan foydalaniş va qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltiriş örniga, AQŞ va yevropalik hamkorlar örtasida kattalaşib borayotgan farqni yaqqol körsatib qöydi, deb yozmoqda The Washington Post.
Parijga yetib kelmasidan oldin Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning xalqaro xavfsizlikka oid sözlarini tanqid qilib, qarama-qarşiliklar borligini ta'kidlab ötdi.
Şundan keyin Tramp Parijdagi noqulay ob-havo tufayli Amerika qabristoniga rejalaştirilgan taşrifni ötkazib yubordi. Şu sababli, Trampni amerikalik kuzatuvçilar va şarhlovçilar tanqid ostiga olişdi. Ularning ta'kidlaşiça, yomon ob-havo Amerika prezidentiga öz vazifasini bajarişi uçun tösiq bölmasligi kerak edi.
Bundan taşqari, Tramp, xuddi Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi, xalqaro yetakçilarning Yelisey maydonlari böylab Zafar arkasi (Triumfal arka)ga birgalikda borişi marosimini ötkazib yubordi, u yerda esa Makron sözga çiqqandi. Naşrning ta'kidlaşiça, Fransiya yetakçisi nutqida Trampning «Amerika hammasidan ustun» siyosatiga qarşi qaratilgan murojaat bor edi, deyiladi materialda.
«Millatçilik - bu vatanparvarlikka nisbatan xiyonat», - dedi Makron.
Naşrning qayd etişiça, agar Tramp va Makron örtasida qaçonlardir yaqin döstona munosabatlar bölgan bölsa-da, dam oliş kunlarida yoziluvçi yaxşi kayfiyatdagi tvitlarga qaramay, endi bu holat ötmişda qoldi.
Germaniya kansleri Angela Merkelning pozitsiyasi Makronning qaraşlariga nisbatan köproq mos keladi. Merkel Yevropadagi eng muhim siyosiy şaxs sanaladi, ammo u öz faoliyatining oxirida turibdi, deya yozadi gazeta. Makron saylovoldi kampaniyasining sobiq maslahatçisi ta'kidlaşiça, Fransiya yetakçisi Merkelning ketişi tufayli «yetim qoldi», şuningdek, mamlakat içida maşhurlik reytingi tuşişi oqibatida zaiflaşdi. Tahlilçilarning qayd etişiça, aynan şu farqlar - hamda uning mamlakat içidagi muammolari - Makronga «jahon yetakçisi» bölişiga imkon bermayapti.

















