Jahon | 16:53 / 14.11.2018
3793
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya YeIning byudjyet bo‘yicha ultimatumini rad etdi

Foto: Getty Images

Italiya hukumati Yevropa ittifoqining byudjyet loyihasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi talabini rad etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Italiya bosh vaziri o‘rinbosari Luiji di Mayoning ma'lum qilishicha, u tomonidan ishlab chiqilgan byudjyet - mamlakat uchun eng yaxshisi.

«Biz aynan shu byudjyet mamlakatga tiklanib olish uchun kerak, deb hisoblaymiz» - deya ma'lum qildi Luiji di Mayo.

Italiyaga hozirgi paytda jarima jarayoni tahdid solmoqda, u YeI tomonidan yordamning qisqarishi hamda yirik jarimalarga olib kelishi mumkin.

Yevropa komissiyasi oktabr oyida birinchi marotaba Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan davlat byudjyeti loyihasini rad etdi va Italiyadan byudjyet rejalashtirishiga o‘zgartirishlar kiritishni talab qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid