Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pens: AQSh Xitoy bilan sovuq urushga tayyor
Foto: AP
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning ma'lum qilishicha, Vashington Xitoy bilan sovuq urushga tayyor. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Uning aniqlik kiritishicha, prezident Donald Tramp Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor, biroq, agar Pekin o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, Amerika Qo‘shma Shtatlari aksincha choralarni ham ko‘rishga tayyor turibdi.
«Xuddi shunday bo‘ladi ham», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoydan aniq takliflar talab qilayotgani xabar berilgandi.
The Wall Street Journal ma'lumotiga ko‘ra, Vashington savdo muzokaralari qayta boshlanishidan oldin Pekindan aniq takliflarga erishish uchun harakat qilmoqda. Xitoy Qo‘shma Shtatlarning «bosimi»ga faol qarshilik ko‘rsatmoqda.
Qayd etilishicha, Pekin muzokaralarga qadar AQSh bilan bitim bo‘yicha takliflarni ilgari surish niyatida emas, sababi o‘z ustunligini yo‘qotib qo‘yishdan xavfsiramoqda.
Mavzuga oid
08:29
AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng bir-biriga zarba berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026