O‘zbekiston | 15:30 / 14.11.2018
66492
3 daqiqa o‘qiladi

Rasmiy Toshkent «O‘zbekko‘mir»ni kimga ishondi? 

Foto: LiveJournal

«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining asosiy aktivlari Rossiyaning «ProgressGorTex» MChJ boshqaruviga o‘tkazilishi mumkin.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushi «ProgressGorTex» ishonchli boshqaruviga berilishi mo‘ljallanmoqda.

«Kommersant'» nashri tomonidan so‘rovdan o‘tkazilgan bozor ishtirokchilari atigi bir oy muqaddam Nikolay Yemelyanov tomonidan tashkil etilgan Rossiya MChJsi ortida kim turganini bilishmasligi ma'lum bo‘ldi. Biroq, Yemelyanovning boshqa kompaniya, «Selena» MChJ bo‘yicha sherigi Doniyor Komilovdir - Gazprombank sobiq top-menejyeri.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklarining, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish va  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushini ishonchli boshqaruvga berish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida «ProgressGorTex» MChJ sho‘'ba xo‘jalik jamiyati tashkil etish uchun «ProgressGorTex» MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘'ba xo‘jalik jamiyatini jalb etish; ishonchli boshqaruv davrida «O‘zbekko‘mir» AJning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Kartoteka.ru va YeGRYuL ma'lumotlariga ko‘ra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadevich Yemelyanov tomonidan tashkil etilgan. U «Selena» MChJning ham ta'sischilaridan biri - Gazprombank sobiq top-menejyeri Doniyor Komilov bilan birga. Ma'lumot uchun: Doniyor Komilov 2010-2014 yillarda Gazprombankning «Upravlyayushchaya kompaniya — Strategicheskiye aktivi» YoAJ tuzilmasi rahbari bo‘lgan. Shuningdek, 2015-2016 yillarda u «Uralmashzavod» direktorlar kengashiga kirgan.

«Kommersant'» so‘rovining mohiyatini eshitgan Nikolay Yemelyanov darhol go‘shakni qo‘yib qo‘ydi va takroriy qo‘ng‘iroqlarga javob qaytarmadi. Gazprombank nashr savollariga javob bermadi, 13 noyabr kuni Doniyor Komilov va o‘zbek kompaniyalari vakillari bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.

«Kommersant'» manbalari «ProgressGorTex» va Yemelyanov ortida rossiyalik yirik tadbirkorlar turganiga shubha qilishmoqda.

Rossiya Federatsiyasi hukumatidagi, sohadagi vaziyatdan xabardor nashr manbasi ham Moskva va Toshkent o‘rtasida ko‘mir bo‘yicha qandaydir hamkorlik rejalari haqida bilmasligini bildirgan.

Ma'lumot uchun: «Kommersant'» nashriyot uyi asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli. 

Mavzuga oid