Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yana bir aviatashuvchi paydo bo‘ladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, 2021 yilga qadar Fransiya hukumati mamlakatga ikkinchi aviatashuvchi kerakligi borasida bir qarorga keladi. Bu haqda Le Monde yozmoqda.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi «Sharl de Goll»ni almashtirishi kerak bo‘lgan aviatashuvchi Fransiya harbiy-dengiz kuchlarida 2040 yilgacha, uning xizmat muddati tugagunga qadar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, prezidentning qayd etishicha, ikkinchi aviatashuvchi 2021 yilgacha foydalanishga topshirilmaydi.
«Qurilishi uchun byudjyet 5 mlrd yevrodan 7 mlrd yevrogacha bo‘ladigan ikkinchi aviatashuvchini yaratish 2021 yildan avval boshlanmaydi. Bu nazarda tutilmayapti», - deya ta'kidlab o‘tdi Makron.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Makronning armiya to‘g‘risidagi g‘oyasiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
13:09 / 02.03.2026
AQSh: raketalar aviatashuvchiga yaqinlashmadi, operatsiya davom etmoqda
07:29 / 04.02.2026