Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusoboddagi yirik yong‘in haqida qo‘shimcha ma'lumot berildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yil 14 noyabr kuni Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan “Stroyteploizolyatsiya biznes” XKga qarashli sintefon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 10:34da o‘rab olinib, soat 12:44 da o‘chirildi. Yong‘in natijasida sexning 2 800 kv.m. maydonidagi binoning tom, shift, ichki qismi, taxta panjarali va ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar ko‘rgan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida korxona ish boshqaruvchisi M.K. kuyish jarohatlari bilan shuningdek, Toshkent shahar IIBB YoXB xodimi kichik serjant Sh.U. shu sex tomida bo‘lgan vaqtida tom ko‘chib tushishi natijasida yiqilib jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash yuzasidan surishtiruvni Toshkent shahar IIBB olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026