Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yo‘taldori”mi yo “ko‘knori”? - bojxonachilar navbatdagi qalloblikni fosh etishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan mamlakatimizga noqonuniy yo‘l bilan tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, kontrabanda predmetlarini olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar bartaraf etilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining KUN.UZʼga bergan xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holati ham shular jumlasidandir.
Bojxona postining “kirish” piyodalar zaliga kirib kelgan Z.M. ismli shaxs bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida unga tegishli qo‘l sumkasi ichidagi 2 dona “Sough” brend nomi tushirilgan qutilar bojxona xodimlarini e'tiborini tortgan. Og‘zaki so‘rov jarayonida fuqaro Z.M. ushbu qutilarni o‘zi uchun olgani, ularning ichida yo‘talga qarshi damlama borligini ma'lum qilgan. Biroq, bojxona xodimlari ushbu qutilarni ochib ko‘rganda ayrim giyohlar bilan aralashtirilgan og‘irligi 86,72 grammni tashkil etuvchi “ko‘knori” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, yurtimizga kirib kelishi mumkin bo‘lgan zahri qotilni yo‘li to‘silgan.
Fuqaro Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yana bir holatda esa, mazkur chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan 3503-sonli yuk poyezdi tarkibidagi vagon konstruksiyasining xufiya joyiga ustomonlik bilan yashirib olib kirilayotgan 48,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolingan.
Mavzuga oid
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
14:48 / 23.10.2025
«Darband» postida tirbandlik - rasmiy bayonot berildi
10:49 / 19.10.2025
Navoiyda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan ushlandi
13:36 / 04.02.2023