Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘quvchilari 21 mln so‘mlik mobil telefonlarni o‘g‘irlab ketishdi
Shu yil 6 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, “Nooziq-ovqat” do‘koni rahbari, M.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 4 noyabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Yangiyo‘l shahar Navro‘z mahallasida joylashgan do‘koniga eshik qulfini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 21 mln. 800 ming so‘mlik 50 dona turli xildagi mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l shahar Ramadon mahallasida yashovchilar 12-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchilari Sh.N. va D.M. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026