Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloger yangi iPad Pro’ni qo‘llari bilan ikkiga bukib tashladi
JerryRigEverything kanali muallifi Apple’dan yangilik - iPad Pro plansheti ustida sinov o‘tkazdi. Gadjyet krash-testi bo‘lgan video uning YouTube-kanalida joylashtirilgan.
Tajribalar paytida u planshet yuzasini har xil qattiqlikdagi materiallar bilan tirnab, orqa qopqoqda Spaydermenni kantselyariya pichog‘i bilan chizdi, shuningdek, ekranni zajigalka bilan yoqib ko‘rdi. Eng oxirida u gadjyetni barmoqlari bilan ikkiga bukib, bu boradagi sa'y-harakatni bir varaq qog‘ozni ikkiga egish bilan taqqosladi.
Apple 30 oktabr kuni «ramkasiz» iPad Pro’ni taqdim etdi. Planshet Home tugmachasiga ega emas va blokdan chiqarish uchun Face ID yuzlarni farqlash tizimi ishlatiladi.
Mavzuga oid
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
18:02 / 08.05.2026
Apple golografik displeyli iPhone ishlab chiqmoqda
09:26 / 21.04.2026