Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi
Hindistondagi “Amity University” xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegatsiya 17-19 noyabr kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, tashrif doirasida mamlakatda “Amity University” universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar Toshkent shahridagi Inha hamda Vestminster universitetlarida bo‘lib, mazkur oliy ta'lim dargohlarida yaratilgan sharoit, yurtimizda ta'lim tizimini isloh qilish borasidagi intilishlarning ijobiy samaralari bilan yaqindan tanishadi.
Hindiston delegatsiyasi a'zolari, shuningdek, 19 noyabr kuni poytaxtda bo‘lib o‘tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiyaviy forumda ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026