Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi
Foto: Christian Hartmann / AFP - Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning tan olishicha, Faxriylar kunida Arlington milliy qabristonidagi marosimda qatnashmay, xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Mediaite xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp o‘z xatolarini juda kamdan-kam hollarda tan oladi.
«Men buni qilishim kerak edi», - deya ta'kidlab o‘tdi u Fox News telekanali jurnalisti bilan suhbatda.
Biroq, AQSh yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, davlat ishlari bilan juda ham band bo‘lgan. Shundan keyin muxbir ta'kidlab o‘tdi: «Ammo bu - Faxriylar kuni», bunga esa Tramp shunday javob qaytardi: «Buni men qilishim kerak edi».
Prezidentning xabar berishicha, ertasi kuni u Parijdagi Amerika qabristonida nutq so‘zladi va u yerdan kech qaytdi, shundan keyin mamlakatdagi muhim masalalar bilan shug‘ullandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Tramp bilan erishilgan kelishuv haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025