Sport | 08:50 / 18.11.2018
6239
1 daqiqa o‘qiladi

Tennis bo‘yicha yilning yakuniy musobaqasi finalchilari ma'lum bo‘ldi 

Foto: EPA-EFE/WILL OLIVER

Serbiyalik Novak Jokovich Professional tennischilar uyushmasining (ATR) yakuniy musobaqasi yarimfinalida janubiy afrikalik Kevin Andersonni mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi. Londonda o‘tayotgan musobaqalarning mukofot jamg‘armasi 8 mln dollarni tashkil qiladi.

Uchrashuv 6:2, 6:2 hisobida ayni vaqtda ATR reytingida 1-o‘rinni egallayotgan serb foydasiga yakunlangan. 

Jokovich finalda nemis Aleksandr Zverev bilan uchrashadi. Zverev avvalroq jahonning 3-raqamli tennischisi Rojyer Federerni mag‘lub etgandi.

Aleksandr Zverev
Foto: Getty Images

Final bahsi bugun, 18 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid