Jahon | 07:20 / 20.11.2018
11670
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 106 yoshli ayol o‘g‘rilar tomonidan o‘ldirib ketildi

Foto: Notícias Urgente

Braziliyaning Feyra-Nova shahrida yashovchi 106 yoshli keksa ayol o‘g‘rilar qurboniga aylandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Noma'lum kimsalar Antoniya Konseysao da Silva ismli ushbu ayol uyida uxlab yotganda uning uyi tomida darcha ochib, ichkariga bostirib kirishgan. Uyda ayoldan boshqa hech kim bo‘lmagan: unga qarovchi xodim uyiga, nabirasi esa bazmga ketgan bo‘lgan.

Jinoyatchilar, taxmin qilinishicha, ayoldan pullar qayerga yashiringanini bilish maqsadida uni do‘pposlashgan. Oxir-oqibat ular ayolni bo‘g‘ib, uning sumkasida yotgan 30 real (8 dollar) pul bilan g‘oyib bo‘lishgan. Bazmdan qaytgan nabira buvisini qonga belanib yotgan holda ko‘rgan.  

Keksa ayol shahar aholisiga yaxshi tanish bo‘lgan. Oktyabrda momo 106 yoshini qarshilagan edi. Braziliyada may oyida nishonlanuvchi Onalar kunida u televideniyega intervyu bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid