Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi umumiy razvedka maktabini tashkil etish loyihasini ma'qulladi
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari Bryusseldagi yig‘ilishda umumiy razvedka maktabini (JEIS) tashkil etish loyihasini ma'qullashdi.
“JEIS YeI davlatlari, NATOning kontrrazvedka sohasidagi ilg‘or tajriba markazi, milliy razvedka va xavfsizlik xizmatlari bilan birgalikda YeI davlatlari razvedka personaliga razvedka va boshqa aniq sohalar bo‘yicha bilim berish va tayyorlashni amalga oshiradi”, deyilgan xabarda.
Loyihada Buyuk Britaniya, Daniya va Maltadan tashqari, YeIga a'zo 28 ta davlatdan 25 tasi ishtirok etadi.
YeIning umumiy razvedka maktabini tashkil etish hamjamiyat davlatlarining mudofaa va xavfsizlik sohasidagi doimiy hamkorligi doirasidagi loyihalardan biri hisoblanadi.
Noyabr boshida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShdan mustaqil bo‘lgan “umumevropa armiyasini” tashkil etish g‘oyasini bildirgandi.
O‘tgan hafta esa Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa xavfsizlik kengashini tashkil etish taklifini berdi. Merkel ham umumiy armiya tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Uning aytishicha, bunday armiya butun dunyoga Yevropa davlatlari o‘rtasida yangi urush bo‘lishi mumkinmasligini ko‘rsatgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
08:50 / 26.06.2026