Jahon | 09:31 / 20.11.2018
8330
1 daqiqa o‘qiladi

G20 sammitida Saudiya Arabistonidan valiahd shahzoda ishtirok etadi

Foto: Reuters © Amir Levy/File Photo/File Photo

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Katta yigirmatalikning (G20) Argentinada o‘tadigan sammitida qatnashadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining energetika, sanoat va ma'danli zaxiralar vaziri Xolid al-Folih ma'lum qildi. 

Sammit Buenos-Ayresda 30 noyabr-1 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Yigirmatalikning Gamburgdagi avvalgi uchrashuvida Saudiya Arabistonidan moliya vaziri Muhammad al-Jad'an ishtirok etgandi. Arab OAV ma'lumotlariga ko‘ra, o‘shanda qirollik rahbariyati qo‘shni Qatar bilan yuzaga kelgan diplomatik inqiroz sababli sammitda ishtirok etishni istamagan.  

Руслан Рамазанов
Tayyorlagan Руслан Рамазанов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid