Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro prezidentligi vaqtida Venesuelani 4 mlndan ko‘proq odam tark etdi
Nikolas Maduro 2013 yil bahorida Venesuela prezidenti bo‘lgandan keyin mamlakatni 4 mlndan ko‘proq venesuelalik tark etgan. Venesuelaning Consultores 21 tahliliy kompaniyasining bunday ma'lumotlarini Nacional nashri o‘z saytida keltirib o‘tdi.
Kompaniya prognoziga ko‘ra, joriy yil oxirigacha venesuelalik muhojirlar soni 4,.6 mln nafardan ortadi.
Taqqoslash uchun, Ugo Chaves prezidentligi vaqtida (1999-2013 yillar) Venesueladan 0,8 mlndan kamroq odam ketgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Venesuelaning aholisi soni 31,5 mlndan oshadi.
Venesuela oxirgi yillarda o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti avvalroq venesuelalik muhojirlar va qochqinlar soni 3 mlnga yetganini ma'lum qilgandi. Ulardan 2,4 mln nafari Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarida, qolganlari boshqa joylarda qo‘nim topgan.
Biroq Venesuela hukumati mamlakatda gumanitar inqiroz mavjudligini tan olmay keladi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026