Jahon | 20:08 / 21.11.2018
25455
2 daqiqa o‘qiladi

“Disney” studiyasining eng yaxshi multfilmlari ma'lum qilindi

Foto: Walt Disney Productions

Collider portali Walt Disney studiyasining eng yaxshi va eng yomon multfilmlari ro‘yxatini tuzdi.

Reyting yetakchisi 1940 yilda suratga olingan “Pinokkio” multfilmi bo‘ldi. Portalning ta'kidlashicha, tijoriy tomondan uncha muvaffaqiyatli bo‘lmagan bu multfilm tanqidchilar tomonidan iliq qabul qilingan. “Pinokkio” eng yaxshi qo‘shiq va original saundtrek uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan.

2-o‘rin 1959 yilda suratga olingan “Uyqudagi go‘zal”ga berildi. Portal ushbu multfilm rassomi Eyvind Erlning ishiga alohida ahamiyat qaratgan. Bu ish tufayli multfilm studiyaning eng ulkan loyihalaridan biriga aylangan.

3-o‘rinni 1940 yilda suratga olingan “Fantaziya” multfilmi egalladi. Uolt Disney uni Filadelfiya orkestri dirijyori Leopold Stokovskiy bilan hamkorlikda yaratgan. Portalning yozishicha, 9 ta musiqiy nomerdan iborat ushbu multfilm haqiqiy durdona hisoblanadi.

Yetakchi o‘ntalikka, shuningdek,.“Bembi”, “Go‘zal va Mahluq", “Dambo”, “Qirol Sher”, “Piter Pen”, “Moana” va "Oppoqoy va yetti gnom"multfilmlari kirgan.

Portal talqiniga ko‘ra, “Disney” studiyasining eng yomon multfilmi 2005 yilda yaratilgan “Jo‘jacha” (Chicken Little) hisoblanadi.

Mavzuga oid