Aksinça, tana tuzilişi real qilib tasvirlangan qahramonlarning bunday zararli ta’siri yöq.

Tadqiqotçilar 61 ta Disney multfilmidagi 112 ta qahramonni örganib çiqdi. Umuman olganda, oldinroq işlangan Disney multfilmlarida malikalar nozik qilib işlangan. Zamonaviy malikalar, masalan, qahramon Merida odatiy tana ölçamiga ega qilib tasvirlanadi.

Ota-onalar örtasida ötkazilgan sörovda ularning farzandlari köproq qaysi malikani tanişi va bolalarining öziga bölgan işonçi haqida savollar berilgan. Malika Elza eng taniqli qahramon sifatida topilgan. Bolalar eng köp taniydigan top qahramonlar 10 taligida ultra-ozğin qilib tasvirlangan malikalar bor.
Umumiy tadqiqotda agar bolalarning sevimli qahramoni normal ölçamga ega bölsa, ularning öziga işonçi ham yaxşi darajada bölişi aniqlangan.
Örganilişiça, Disney malikalari öğil bolalarga qizlardan ham köproq ta’sir qilişi mumkin.
Psixolog Ketrin Xallisining fikriça, qahramonlar bolalarga heç qanday ta’sir körsatmaydiganday tuyulsa ham, lekin ular uzoq muddatli munosabatlarga ta’sir qiladi.
Bolalar va kattalar öz atrof-muhitidan ta’sirlanadi. Masalan, bola öynaydigan ma’lum öyinçoq uning öylariga va özini tutişiga ta’sir qiladi. Agar biror öyinçoq bolaga gözallik timsoli deb körsatilsa, unda bola gözallikni aynan öşa öyinçoq bilan assotsiatsiya qilib ölçaydi.
Agar bola realroq tana ölçamiga ega bölgan öyinçoq bilan öynasa, bolaning tana şakli, ölçami va nisbati haqida köproq real qaraşlari paydo böladi. Şuning uçun ham real tana ölçamli qahramonlar bolalar uçun foydaliroq.
















