Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London oddiy britaniyalikni josus deb topgan BAAga tahdid qildi
BAA sudi Britaniyadagi universitetlardan birining ilmiy xodimi Metyu Xejyesni Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilganlik ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.
Xejyes ishi bo‘yicha sud jarayoni 5 daqiqadan kamroq davom etib, unda sudlanuvchining advokati ishtirok etmagan. Britaniyalik o‘z aybini tan olmagan. 31 yoshli Xejyes yaqinlarining aytishicha, Xejyesning aybdorligi isboti sifatida uning dissertatsiya ishidagi yozuvlar taqdim qilingan.
Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, BAAda boshqa davlat fuqarosiga umrbod qamoq jazosi berilishi sudlanuvchi qamoqda maksimum 25 yil o‘tkazishini, so‘ngra deportatsiya qilinishini anglatadi.
Sud qaroriga Britaniya hukumati o‘z e'tirozini bildirgan. “Biz bugungi hukmdan ranjidik va xavotirdamiz”, deb aytgan Britaniya bosh vaziri Tereza Mey. Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xantning aytishicha, ushbu hukm “London do‘stidan va ishonchli hamkoridan kutgan qaror emas hamda avval berilgan va'dalarga zid keladi”. Britaniyalik siyosatchilar bu masalani eng yuqori darajada ko‘tarishga va ushbu ish ikki tomonlama munosabatlar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishini aytishgan.
Xejyes BAAda 2 hafta o‘tkazib, bu vaqt davomida “arab bahori” haqidagi o‘z tadqiqoti uchun material to‘plagan. U 5 may kuni yurtiga qaytmoqchi bo‘lganda Dubay aeroportida hibsga olingan.
BAA huquq-tartibot idoralari britaniyalik aybini tan olgani ma'lum qilishgan. Xejyes yaqinlarining ma'lum qilishicha, u arab tilidagi qandaydir ko‘rsatmalarga imzo chekkan. Britaniyalik bir kishilik kamerada 5 oy o‘tkazgandan keyin, oktabrda garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi. Uning ta'kidlashicha, u hibsda ushlab turilgan vaqtda ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga putur yetgan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026