Jamiyat | 08:33 / 22.11.2018
9785
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ishonch qog‘ozisiz avtomobil boshqargan shaxs piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 2018 yil 20 noyabr kuni Paxtaobod tumanida yashovchi A.T. ukasi nomidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozisiz “Qorayontoq” MFY hududidan o‘tuvchi “Chuvama-Paxtaobod” yo‘lining 2-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, “Qorayontoq” MFYda yashagan U.M. va K.Z.ni urib yuborib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada U.M. olgan jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan, K.Z. va haydovchi A.T. kasalxonaga yotqizilganlar. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid