Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada 2013 yilda o‘tgan namoyishlarda Jorj Sorosni aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an amerikalik milliarder Jorj Sorosni 2013 yilda Turkiyada o‘tgan norozilik namoyishlarini moliyalashtirishda aybladi. Erdo‘g‘an bu haqda Anqaradagi chiqishida aytib o‘tdi.
“Bu voqealarni bir kishi – taniqli vengriyalik yahudiy Soros moliyalashtirgan. Puli ko‘p bo‘lgan bu odam pullarini xalqlarning bo‘laklanishiga va davlatlarning barbod bo‘lishiga sarflaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
2013 yil Istanbuldagi Taqsim maydonida politsiya va Gazi bog‘ida daraxtlarning kesilib, u yerda savdo majmuasi qurilishiga qarshi chiqqan namoyishchilarning to‘qnashuvlari yuz bergan. Namoyishchilar o‘z pozitsiyalarini bog‘ inshootlar zich joylashgan hududdagi yagona yashil “orolcha”ligi bilan asoslashgan.
Namoyishchilarga radikallar ham qo‘shilgan. Ular bog‘da chodirlar o‘rnatib, uni egallab olishni rejalashtirishgan. Politsiya namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgan, suvotgich, ko‘zni yoshlatuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan.
Jorj Soros Soros Fund Management xej-fondi asoschisi va rahbari hamda dunyoning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. Forbes’ga ko‘ra, Sorosning boyligi 25 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Ba'zi siyosatchilar, jumladan Vengriya Sorosni o‘zining siyosiy va g‘oyaviy ambitsiyalarini amalga oshirish uchun ijtimoiy harakatlar va nohukumat tashkilotlarini moliyalashtirishda ayblashadi.
Vengriya hukumatining fikricha, Sorosning “Ochiq jamiyat” fondi noqonuniy muhojirlarga Yevropa Ittifoqi davlatlariga ko‘chib o‘tishida yordam beruvchi kompaniya faoliyatini moliyalashtiradi.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026