Jahon | 16:25 / 22.11.2018
13978
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda avtomobil maktab o‘quvchilarini urib ketdi. Besh kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Lyaonin provinsiyasida avtomobilning maktab o‘quvchilariga kelib urilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, yana 18 kishi jarohat olgan.

Aniqlik kiritilishicha, maktab o‘quvchilarining bir guruhi yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan va shu payt qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan avtomobil katta tezlikda ularga kelib urilgan.

Xabarda bildirilishicha, haydovchi qo‘lga olingan. Uning bunday xatti-harakatiga nima sabab bo‘lgani ayni paytda politsiya tomonidan aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid