Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyorl-Xarborda omon qolgan eng yoshi katta faxriy vafot etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Yaponiya armiyasining Qo‘shma Shtatlarga qarashli bo‘lgan Pyorl-Xarbor harbiy-dengiz bazasiga hujumida omon qolgan Rey Chaves 107 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fox News telekanali faxriyning qiziga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, u Pyorl-Xarborga qilingan hujumda omon qolgan eng yoshi katta faxriy edi. Shuningdek, xabar qilinishicha, Chaves Kaliforniya shtatida vafot etgan.
«Rey eng buyuk avlodning timsoli edi», - deya aytib o‘tdi Qo‘shma Shtatlar qahramonlari haqidagi xotirani saqlab qolish bilan shug‘ullanuvchi Spirit of Liberty Foundation notijorat tashkiloti vakili.
1941 yil 7 dekabr kuni Yaponiya Pyorl-Xarborga hujum uyushtirdi. Bu Qo‘shma Shtatlarga Ikkinchi jahon urushiga kirishga turtki sifatida xizmat qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026