«O‘zsanoatqurilishbank»da transformatsiya: eskicha yondashuv natija bermay qo‘ydi
Joriy yilning 19 noyabrida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB rebrending haqida e'lon qildi. Jarayon nafaqat bank logotipi va firma uslubining o‘zgartirilganini, balki biznes-jarayonlar, xizmat ko‘rsatish va mahsulot lineykasining takomillashtirilganini o‘zida aks ettiradi.
O‘zsanoatqurilishbankning qayta shakllanishi strategik rivojlanish rejasini tubdan qayta ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Rebrending dasturini ishlab chiqish Rossiya banklari va Butunjahon bank guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning xorijiy ekspertlarini jalb qilish orqali amalga oshirildi.
Tayyorgarlik bosqichida mijozlar kutishlari va bank faoliyatining ayni damdagi holati batafsil tahlildan o‘tkazildi. So‘rovnomalar natijalari shuni ko‘rsatdiki, xizmat ko‘rsatish sifati bankni tanlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ikkinchi o‘ringa respondentlar qo‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar tezligini qo‘ydilar.Zamonaviy va doimiy harakatda bo‘lgan jamiyat uzoq navbatlarda turishni va bank xodimlari bilan batafsil muzokaralar olib borishni istamasligi ayon bo‘ldi. Tariflar va ularning ahamiyati esa shunchaki uchinchi o‘rinni egalladi. To‘rtinchi o‘rinni mahsulot lineykasining kengligi va internet-bankning funksionalligi, beshinchi o‘rinni esa — ofis qulayliklari kabi omillar egalladi.
Tahlil yakunlariga ko‘ra, bank tomonidan 12 ta muhim biznes-yo‘nalishlarni qamrab oluvchi transformatsiya rejasi ishlab chiqilgan edi.
«Ishdagi eski yondashuv natijasizlikka olib keldi, shuning uchun O‘zsanoatqurilishbank transformatsiyani joriy etishga qaror qildi. Biz bank biznesining xalqaro standartlarini tatbiq etmoqdamiz, kreditlar olishga imkoniyatlarni kengaytirib, strategik investorlarni jalb qilmoqdamiz. «Yashil banking» doirasida biz faoliyati atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga qaratilgan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash transformatsiyaning muhim bandiga aylanadi. Aksariyat mijozlar narx tufayli emas, balki bank xodimlarining yomon munosabatlari sabab bankdan ketish hollari tez-tez uchrab turadi. Xodimlarni yangicha uslubda ishlashga o‘rgatish qiyin masala bo‘lsa-da, uni uddalay olishning imkoni bor», — dedi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB strategiya va marketing boshqarmasi boshlig‘i Abdurahimov Otabek.
Matbuot-anjumanida qayd etilishicha, O‘zbekiston banklarining bir qismi ishni qayta qura oldi va xodimlarning asosiy vazifasi xizmat ko‘rsatishning mahsulotli modeli asosida sotuvlar jarayonini tashkil etish bo‘ldi. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB ushbu oraliq bosqichdan o‘tib, keyingi sifat pog‘onasi – mahsulotlarni sotish emas, balki mijoz bilan munosabatlar qurishni ko‘zda tutuvchi model bo‘yicha ishlashga rejalashtirmoqda. O‘zsanoatqurilishbank har bir mijozga, uning shaxsiy ehtiyojlariga tayangan holda foydali moliyaviy yechimlarni taklif etadi.
Moliyaviy xizmatlar tezligini oshirishga axborot tizimini to‘liq o‘zgartirish, biznes-jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va filiallarning jihozlanishini modernizatsiya qilish orqali erishish rejalashtirilmoqda. O‘zsanoatqurilishbankning ish grafigidan tushlik tanaffus olib tashlanib, xodimlar smena bo‘yicha ish rejimiga o‘tkazildi, bu mijozlarga o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda bankka murojaat qilish imkonini beradi. Mahsulot lineykasi ham jiddiy transformatsiyani boshidan kechirib, yanada soddaroq va qulay bo‘ladi, shuningdek bank sektori uchun yangi, o‘ziga xos xizmatlar bilan to‘ldiriladi.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB yangi strategiyasi doirasida ofislarning tuzilishi, formati va xizmat ko‘rsatish mantig‘ini to‘liq almashtiradi. Binolarning bir qismi qayta qurildi, qolganlari esa 2018 yilning oxirigacha va 2019 yil davomida rekonstruksiya qilinadi.Rivojlanishning yangi strategik rejasiga ko‘ra, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB - sifatli xizmat ko‘rsatuvchi, axborot texnologiyalarini keng qo‘llovchi va biznes-jarayonlarni xalqaro standartlariga mos ravishda yurituvchi birinchi zamonaviy moliyaviy institutga aylanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021