Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo va suvdan yegulik: Finlyandiyada antiqa fabrika ishga tushiriladi
Finlyandiyada havo va suvdan yegulik ishlab chiqaruvchi tajribaviy fabrika ishga tushirilmoqda. Ushbu keng tarqalgan moddalar asosidagi ozuqaviy kukunni 2021 yilda ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Greentechmedia nashri ma'lum qildi.
Solar Foods kompaniyasi Xelsinki yaqinida ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1,1 mln dollarlik sarmoya oldi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya o‘zidan suvni eletroliz qilish yordamida vodorod olishni aks ettiradi. Vodorod foydali mikroblar uchun ozuqa bo‘ladi. Mikroblarga termik ishlov berilib, ozuqaviy aralashma olinadi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, olinadigan mahsulot ozuqaviyligi bo‘yicha dengiz suvo‘tlari yoki soyadan qolishmaydi. U quruq sutga o‘xshash bo‘ladi. Kukunni ratsionni oqsil bilan boyitish yoki ma'lum muddatga yegulik uchun yechim sifatida qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Kompaniyaning fikricha, bunday ishlab chiqarishni tiklanuvchi energiya mavjud istalgan joyda yo‘lga qo‘yish mumkin. Kompaniya aralashmani Yevropaning mahsulotlar xavfsizligi komissiyasidan tegishli litsenziyani olgach, 2021 yildan ommaviy ishlab chiqarmoqchi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026