Jamiyat | 16:04 / 23.11.2018
8623
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyadagi matematika olimpiadasida O‘zbekiston qanday ishtirok etdi?

17 noyabrda Malayziyaning Singa matematika olimpiadasida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi. Jamoada 3ta nodavlat ta'lim muassasasining 39 qatnashchisi ishtirok etdi.

Murakkab matematik kurashda O‘zbekiston terma jamoasining 10 vakili - bronza, 1 vakili kumush medal sohibi bo‘ldilar. Musobaqalar yakka va jamoa tartibda o‘tkazildi. 10ta bronza medalining 6tasini Genesis Education nodavlat ta'lim muassasasi o‘quvchilari qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. 

Har bir qo‘lga kiritilgan g‘alaba jahonning ilg‘or pedagogik texnologiyalari asosida shakllangan bo‘lib, nodavlat o‘quv muassasasi pedagoglarining tinimsiz malakali mehnati samarasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid