Jamiyat | 12:57 / 23.11.2018
7980
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorni 300 mln so‘mga chuv tushirib ketishdi

Navoiy shahrida 21 noyabr kuni Spitamen ko‘chasida yashovchi Sh.I. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2017 yil iyul oyida Karmana tumanida yashovchi A.A. unga viloyat bo‘yicha yaxna ichimligining dilerligini olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 300 mln. so‘m pulini olib, bergan va'dasini bajarmay yurganligini ma'lum qilgan. 

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida A.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid