O‘zbekiston | 09:54 / 23.11.2018
5836
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olimlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi 

Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida Scopus ilmiy-tahliliy ma'lumotlar bazasi versiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston olimlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Tadbir Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur tadbir O‘zbekistonning Markaziy Osiyo ta'lim xabiga aylanishi tomon qo‘yilgan navbatdagi qadamdir. Ilk forum davomida Scopus tizimi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan olim va pedagoglar taqdirlanadi. 

Tantanali marosimda respublika vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek QS va Times Higher Education kabi yetakchi reyting agentliklari direktorlari, 5-100 loyihaviy ofis rahbari Nadejda Ploxina, Elsevier kompaniyasi rahbariyati hamda OTMlarning rektor va prorektorlari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida olimlar uchun maqolalar yozish, ilmiy jurnallar indeksatsiyasi va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o‘rgatishga oid mahorat darslarini o‘z ichiga olgan Birinchi ilmiy forum o‘tkaziladi.

Mavzuga oid