QS reyting agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori O‘zbekiston akademik hamjamiyatiga murojaat qildi

Zoya Zaytseva
Quacquarelli Symonds (QS) agentligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya Zaytseva O‘zbekistonning akademik hamjamiyati va ish beruvchi kompaniyalarini QS so‘rovnomalarida faol ishtirok etishga chaqirdi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
«Xalqaro universitetlar reytinglari nuqtai nazaridan, o‘ylashimcha, yaqin 2-3 yilda ilk natijalarni qo‘lga kiritamiz. Nima uchun keyingi yil emas? Biz xalqaro universitetlar reytinglarini tuzishda foydalanadigan indikatorlar, ya'ni akademik nufuz, ish beruvchilar orasidagi nufuz, Scopus bazasi ma'lumotlari qo‘llanuvchi bibliometrik ko‘rsatkichlar – bular 5 yil davomida to‘planuvchi ma'lumotlar. Qayd etish indeksiga keladigan bo‘lsak, bu 6 yillik davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Albatta, nisbatan yaqinda bu jarayonga qo‘shilgan mamlakatlar universitetlari uchun ovoz yig‘ishning ilk davri kechmoqda.
Bazamizning ekspert so‘rovnomalarida o‘zbekistonlik ekspertlar kam. Shu bois O‘zbekiston akademik hamjamiyati hamda ish beruvchi kompaniyalar vakillarini so‘rovnomalarda faol ishtirok etishga chorlayman. Zero dunyo hali O‘zbekistonning universitetlarini baholay olish darajasida yaxshi bilmaydi, ularni siz va qo‘shnilaringiz yaxshi bilasiz. Ayni damda akademik hamjamiyat oldidagi eng muhim vazifa – xalqaro miqyosda o‘z universitetlarini tanitish ishlarini keng olib borish hamda ish beruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash», - deydi QS agentligining mintaqaviy direktori.
QS ish beruvchi kompaniyalarning universitetlar haqidagi fikrini qabul qiluvchi yagona xalqaro reyting hisoblanadi. Ish beruvchilar reytingda ovoz berish huquqiga ega, chunki ular - xizmatlar iste'molchisidir, zero oliygoh bitiruvchilarni ular ishga qabul qiladi, shunday ekan, OTMlar beruvchi bilim va ko‘nikmalar sifatini ular to‘g‘ri baholay oladi.
Zaytsevaning so‘zlariga ko‘ra, global reyting uchun ish beruvchi ovozi vazni - 10 foizni, akademik hamjamiyat vazni esa umumiy baholarning 40 foizini tashkil qiladi. Predmet reytinglarida O‘zbekistonning universitetlari bir necha yildan keyin paydo bo‘lishi kutilmoqda. Uning vazni umumiy bahoning 90 foizini tashkil qilishi mumkin. Bu ushbu reytingga kirishning naqadar muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.
«Shubhasiz, akademik yozuvlar madaniyati endigina paydo bo‘lmoqda, lekin umid qilamanki, yaqin yillarda bu juda faol rivojlanadi. Shunday ekan, kutamiz, umid qilamiz va ishonamiz! Yaqin yillarda mintaqaviy va predmet reytinglarda O‘zbekiston ajoyib natijalarni ko‘rsatishini kutib qolamiz», - qo‘shimcha qildi u.
Bundan tashqari, Zoya Zaytseva taqdirlangan olimlar orasida ayollarning ham borligi xorijiy ekspertlarning O‘zbekistonda ilm-fan bilan faqat erkaklar shug‘ullanishiga oid stereotipini yo‘qqa chiqadi.
«O‘zbekistonda bunday muhim voqeaning ro‘y berishi bu yerda ilmiy maktab mavjudligini yana bir bor tasdiqlaydi, bugun biz bunga guvoh bo‘ldik. Shaxsan men mukofotlangan olimlar orasida ayollarning ham borligidan juda quvondim, chunki bu xorijiy hamkasblarimning “O‘zbekiston – konservativ mamlakat va bu yerda faqat erkaklar ilm bilan shug‘ullanishi”ga oid stereotipini yo‘qqa chiqardi», - deydi Zaytseva.
Bundan avval Kun.uz’da yilning eng yaxshi olimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgani haqidagi maqola taqdim etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qaysi sohada tijorat korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?
Iqtisodiyot | 09:03
-
Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi
Sport | 08:41
-
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
O‘zbekiston | 08:20
-
Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

20:27 / 11.05.2021
«Mamlakat ilmi uchun buni hamma tushunishi kerak» - Scopus bazasidan chiqarilgan jurnallarga o‘zbek olimlari eng ko‘p maqola yuborgan

19:35 / 11.05.2021
Yaxshi ilmiy natijalar chop etilmaydi – mahalliy jurnallarni xalqaro darajaga ko‘tarish bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi

18:37 / 10.02.2021
«Scopus» bazasida eng yuqori indeksga erishgan olimlarga 100 mln so‘mdan mukofot beriladi

16:48 / 23.03.2019