«Covid-19 Challenge 2020» innovatsion vositalar va yeçimlar onlayn tanlovida 6ta eng istiqbolli loyihaga 100 mln sömdan grant mablaği ajratildi. Bu haqda 10 fevral kuni AOKAda Innovatsion rivojlaniş vazirligi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Yoşlar akademiyasi taşabbusi bilan 2020 yildan boşlab, har yili ilm-fanning ustuvor yönalişlari böyiça «Scopus» xalqaro ilmiy naşrlar ma'lumotlar bazasida eng yuqori Xirş indeksiga ega 40 yoşgaça bölgan olimlarga Yoşlar akademiyasi tomonidan 100 mln söm miqdorida mukofot pullari beriş amaliyoti joriy etildi va yil yakuniga köra matematika, geologiya, kimyo, biologiya fanlari böyiça olimlar taqdirlanadi.
Bundan taşqari, 9 fevral kuni vazirlik tomonidan jamğarmasi 2 mlrd söm bölgan «2020 yilga eng yaxşi 20ta startap loyiha» tanlovi ğoliblari e'lon qilindi. Tanlovga kelib tuşgan loyihalar soni 519ta bölib, eng istiqbolli 20ta startap loyiha akseleratsiya orqali moliyalaştirildi.
Şuningdek, «World youth innovation forum – 2020» Xalqaro yoşlar innovatsiya forumida 5100 nafarga yaqin özbekistonlik yoşlar onlayn tarzda qatnaşdi. Forumda AKT, tibbiyot, biotexnologiya va ekologiya, sanoat va quriliş, qişloq xöjaligi, energetika yönalişlari böyiça loyihalar taqdim qilindi. Şundan 10 nafar ğolib Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Yoşlar akademiyasining iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan 300 mln söm mukofot bilan taqdirlandi.
















