Jahon | 21:48 / 23.11.2018
4225
1 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Afg‘oniston bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tadi

Foto: Anadolu Agency

Shveytsariyaning Jyeneva shahrida 27-28 noyabrda Afg‘oniston bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BMTda ma'lum qilindi. 

Afg‘oniston hukumati anjuman davomida o‘zining rivojlanish va islohotlarga sodiqligini yana bir bor ta'kidlab o‘tishi kutilmoqda.    

Anjumandan maqsad jahon hamjamiyatining afg‘on xalqi va hukumati bilan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha sa'y-harakatlar doirasida birdamligini namoyish qilishdan iborat.    

Anjumanning ilk kuni ishtirokchilarning chiqishlariga bag‘ishlanadi, shuningdek, ayollarni kasbiy o‘qitishga va xususiy sektorni rivojlantirishga bag‘ishlangan forumlar tashkillashtiriladi.  

Anjuman ishtirokchilari oziq-ovqat xavfsizligi va qurg‘oqchilik vaqtida yashash uchun vositalarni ta'minlashga taalluqli masalalarni muhokama qilishadi. 

Anjumanning 2-kunida 70 dan ko‘proq davlat vakillari ishtirokida “vazirlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid