Jahon | 12:23 / 24.11.2018
11929
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada orollar zilziladan so‘ng bir-biriga yaqinlashgani aniqlandi

Foto: Shutterstock

2016 yilda qayd etilgan zilzilalar seriyasidan so‘ng, Yangi Zelandiyaning shimoliy va janubiy orollari bir-biriga yaqinlashdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Xususan, Janubiy orolning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Keyp Kempbell shahri Shimoliy orolning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Vellingtonga 35 sm.ga yaqinlashgani xabar qilinmoqda.

Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Kaykoura shahri yonida yuz bergan 7,8 magnitudali zilziladan keyin Janubiy orolda dengiz sathi taxminan ikki metrga tushib ketgan.

Foto: REUTERS

Eslatib o‘tamiz, avvalroq erib borayotgan Antarktida ostida sirli hudud aniqlangandi.

Xalqaro olimlar guruhining aniqlashicha, Sharqiy Antarktida ostida geotermal energiya manbasi bor, u muz qatlami erishiga hissa qo‘shishi mumkin. Issiqlik kelishining sababi hozircha noma'lum. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid