«Arsenal» g‘alabali yo‘lga qaytdi
Angliya Premer-Ligasining 13-turida «Arsenal» «Bornmut» ustidan g‘alabaga erishdi. Bornmutdagi «Vitaliti — Din Kort» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Arsenal» 30-daqiqada «Bornmut» futbolchisi Xefferson Lerma o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi evaziga hisobni ochgandi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Joshua King hisobni tenglashtirdi. Per-Emerik Obameyang 67-daqiqada Kolashinatsning qanotdan bergan uzatmasini golga aylantirib, London klubiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, «kanonirlar»ning Premer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi - 11 o‘yin. Bungacha Unai Emeri jamoasi qatorasiga 7 g‘alabadan keyin qatorasiga 3 o‘yinda durang o‘ynagandi. Jamoa barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlar qo‘shib hisoblanganda 17 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.
«Bornmut» uchun bu qatorasiga uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Endilikda «Arsenal» ochkolari sonini 27taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi 5-o‘rinni saqlab qoldi, «Bornmut» 20 ochkosi bilan — 8-o‘rinda.
Angliya chempionati
13-tur
Bornmut – Arsenal 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30, avtogol Lerma, 1:1 – 45 King, 1:2 – 67 Obameyang.
Bornmut – Begovich, Kuk, Deniels, Frensis, Ake, Lerma, Gosling (Kuk, 73), Freyzer, Bruks (Stanislas, 73), King (Musse, 82), Uilson.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Xolding, Kolashinats, Mustafi, Mxitaryan, Torreyra (Genduzi, 79), Ivobi (Remzi, 82), Chaka, Bellerin, Obameyang (Nketia, 90).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (25), Ake (52), Lerma (66).
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
12:06 / 01.09.2024
Yamal Messidan tezroq, Lukaku maydon o‘yinchisiga gol urdi
13:36 / 18.08.2024