Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish taqiqlandi
Hukumat qarori bilan Idoralararo kollegial organlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Nizomga muvofiq, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan masalalar va funksiyalarni bajarish borasida tashkiliy-amaliy, uslubiy, ilmiy ko‘maklashish kollegial organlarning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Kollegial organlar vazifalarni amalga oshirish uchun zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish va kollegial organlar ishiga ularning faoliyat sohasiga bevosita aloqasi bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini jalb etish huquqiga ega.
Kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish taqiqlanadi.
Shuningdek, nizomga ko‘ra tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo muvofiqlashtirishni talab etuvchi masalalarni ko‘rib chiqish va bajarilishini ta'minlash kollegial organlarni tashkil etish zaruratini asoslovchi mezon hisoblanadi.
Hukumat mutasaddi organlar bilan hamkorlikda idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qilib, baholab boradi va tahlil natijalari bo‘yicha ularni qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Bir yildan uzoq faoliyat yuritmagan kollegial organlar majburiy tugatiladi.
Mavzuga oid
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
16:23 / 18.12.2025
Chekka hududlarda notarius topish osonlashadi: suhbat asosida tayinlash joriy etiladi
11:42 / 11.12.2025