Jahon | 21:50 / 26.11.2018
36653
2 daqiqa o‘qiladi

Radada Poroshenkoning iste'fosi talab qilindi 

Foto: Globallookpress

Ukraina Radasida “Muxolif platforma – Hayot uchun” fraksiyalararo deputatlar birlashmasi Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan voqeadan keyin prezident Pyotr Poroshenkoning iste'foga chiqishi lozimligini aytdi.

Muxolifatning bayonotiga ko‘ra, ayni vaqtda asosiy vazifa odamlarni himoya qilish va ixtilofning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi, buning uchun esa voqeaga aloqador barcha harbiy amaldorlarni lavozimidan chetlatish kerak.

“Biz hozirgi vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li prezident Poroshenkoning iste'foga ketishi va Ukraina prezidenti saylovlari o‘tkazilishi, deb hisoblaymiz”, deb aytilgan birlashmada. 

Ta'kidlanishicha, prezident shu tariqa “hokimiyatni tortib olish”ga intilmoqda va prezident saylovlari o‘tkazilishini bekor qilmoqchi, chunki ularda favorit hisoblanmaydi.

“Harbiy vaziyat hozirgi tanazzulga uchragan tuzumga nomaqbul shaxslardan “ xalos bo‘lish”, OAVni yopish va so‘z erkinligini cheklashga imkon beradi”, deyilgan bayonotda.

Bundan tashqari, birlashmada harbiy vaziyat joriy qilinishini asossiz deb hisoblab, Rossiya tomoni bilan ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirilgan.

25 noyabrda Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiyaning chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Kerch bo‘g‘oziga yo‘l olgan. Moskva bunga javoban bo‘g‘ozni yopib qo‘ygan va ukrain kemalarini ushlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid