Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashadi
26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashib, O‘zbekiston – Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi», - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, sammit joriy yilning 6 dekabr kuni o‘tkazilishi belgilangan. Shu kunlari Sankt-Peterburgda Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a'zo davlat rahbarlarining ham yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026