Iqtisodiyot | 01:46 / 28.11.2018
52834
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalari narxini ma'lum qildi  

O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarining narxini ma'lum qildi. Tangalar 28 noyabrdan sotuvga chiqariladi.

Ma'lum qilinishicha, oltin tanganing narxi 12,7 mln so‘mni, kumush tanganiki 236 ming so‘mni tashkil qiladi.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yiladi.

Esdalik tangalarni sotib olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari ro‘yxati Markaziy bank saytida keltirilgan.

Mavzuga oid