Jahon | 21:10 / 29.11.2018
21991
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziyaning yangi prezidenti: Hozir Rossiya bilan do‘stlashish vaqti emas  

Foto: GETTY IMAGES

Gruziyada prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan Salome Zurabishvili hozir Rossiya bilan hamkorlik qilishning mavridi emasligini aytdi. 

“Rossiya o‘zini hozirgidek tutishni davom ettirar ekan, odamlar o‘g‘irlanayotgan okkupatsiya chizig‘ida yuz berayotganlar va bu liniya hududimizga tobora ichkarilab borayotgani, tobora Tbilisiga yaqinlashayotgani, Rossiya Ukrainaga nisbatan o‘zini tutayotgani hisobga olinsa, bular biz hozir hamkorlikka o‘tishimizni anglatadi, deb o‘ylamayman”, deb aytgan Zurabishvili.

Uning aytishicha, Gruziya Yevropani qo‘llab-quvvatlaydi va Yevropa hamda Amerika timsolida g‘arb davlatlari Rossiya bilan muloqot boshlashsa, unda Gruziya chetda qolmaydi. 

Gruziya Rossiyani Janubiy Osetiya bilan chegara chizig‘ida odamlar o‘g‘irlashda bir necha marta ayblagan. Rossiya Janubiy Osetiyani mustaqil davlat, Gruziya esa o‘z hududi deb hisoblaydi. 

29 noyabrda Gruziya markaziy saylov komissiyasi mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarining 2-turi natijalarini e'lon qildi. Ularga ko‘ra, Zurabishvili 59,52 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘alaba qozongan. 

Mavzuga oid