Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai yangi krossoverini taqdim qildi
Foto: AP Photo / Jae C. Hong
Hyundai avtomobilsozlik kompaniyasi yangi krossoveri – Palisade’ni rasman taqdim qildi.
Yangi mashinaning taqdimoti Los-Anjyelesdagi avtosalonda bo‘lib o‘tgan.
8 o‘rindiqli Hyundai Palisade’da 3 qator o‘rindiq bor, u 3,8 litrli, 6 tsilinrdli va quvvati 295 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Mashina 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisini olgan.
Mashinaning uzunligi 4,98 metr, eni 1,98 metr, g‘ildiraklar bazasi 2,9 metrni tashkil qiladi. Unda 7 ta USB-raz'yomi, smartfonlar uchun simsiz quvvatlagich va yo‘lovchilar bilan bog‘lanish tizimi o‘rnatilgan.
Mashina 2019 yil yozida sotuvga chiqadi. O‘shanda uning narxi ma'lum qilinadi va ilk test-drayvlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:19 / 05.10.2025
2025 yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari aniqlandi
11:05 / 12.08.2025
Peugeot 2008 GT Exclusive sotuvi boshlandi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
11:17 / 13.07.2023