Peugeot 2008 GT Exclusive saloni Italiyada işlab çiqarilgan yuqori sifatli sun’iy mikrofiber materiali Alcantara Mistral bilan qoplangan. Örindiqlar isitiş, sovitiş, şuningdek, massaj funksiyalariga ega. Ikkita 10 dyuymli displey ham örnatilgan, biri ma’lumotlar paneliga, ikkinçisi esa multimediaga javob beradi. Bundan taşqari, navigatsiya, moslaşuvçan kruiz nazorati, körinmas hududlar nazorati va orqani köriş kameralari ham örnatilgan.

Maşina taşqi körinişi esa 17 dyuymli yengil qotişma disklari, töliq LED çiroqlari va kuzovning öziga xos dizayni bilan ajralib turadi.

Avtomobil ikki xil versiyada sotuvga çiqdi. Birinçisi 145 ot kuçiga ega 1,2 litrli turbodvigatel bilan jihozlangan bölib, u benzinda harakatlanadi. Ikkinçisi elektromobil bölib, uning elektromotori 156 ot kuçini beradi. 54 kWh batareya maşinaga 399 km masofa bosib ötiş imkonini beradi. 

Narxlar benzinli versiya uçun 35 726 yevrodan, elektromobil uçun esa 44 656 yevrodan boşlanadi.