Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yildan boshlab ADSL tarmog‘ini rivojlantirish to‘xtatiladi
«O‘zekspomarkaz»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «O‘zbektelekom» AK tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘i bo‘yicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi» hisobot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, 2019 yildan boshlab «O‘zbektelekom» AK ADSL tarmog‘ini rivojlantirishni to‘xtatadi va FTTx texnologiyasi bo‘yicha Tarmoqni rivojlantirish uchun barcha kuchlarni yo‘naltiradi. Kompaniya rejalarida abonentlarni FTTx texnologiyasi bo‘yicha bosqichma-bosqich ulash va har bir foydalanuvchiga yuqori sifatli internet xizmatlarini taqdim etish belgilangan.
Bildirilishicha, loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini qisqa muddatlarda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida misli tarmoqdan keng polosali optik tarmoqlarga ulanishga o‘tkazish imkonini beradi. Magistral va multiservisli ma'lumotlarni uzatish tarmog‘ini kengaytirish «O‘zbektelekom» AK internet tarmog‘iga ulanish narxini pasaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:30 / 16.04.2026
Uzbekistan Airways’dan “O‘zbektelekom”gacha. Qator davlat kompaniyalari sotuvga chiqariladi
20:48 / 10.10.2025
Pavel Durov «erkin internetni qutqarishga» chaqirdi
22:20 / 08.10.2025
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
18:17 / 19.09.2025