Jahon | 14:28 / 30.11.2018
13079
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada 80ga yaqin delfin o‘zini qirg‘oqqa tashladi

Foto : Department of Conservation

Saksonga yaqin delfin Yangi Zelandiyaning Chatem oroli sohiliga o‘zini tashladi, deb xabar berdi TVNZ kanali.

Xabar qilinishicha, jonivorlarni payshanba kuni kechqurun payqashgan, ammo ertalabgacha ularga yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmagan. Bunga qadar 50ta delfin halok bo‘lgan, qolganlari esa suvga qayta olgan.

O‘tgan haftada Styuart oroli sohillariga 145ta delfin o‘zini tashlagandi. Ularning yarmi halok bo‘lgan, qolgan yarmini esa yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmagani uchun o‘ldirilgan.

Olimlar kitsimonlarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda jonlariga qasd qilishlarining sababini haligacha aniqlay olishmagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid