UFC rahbari Nurmagomedov va Makgregorning navbatdagi raqiblarini ma'lum qildi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregorning bo‘lajak raqiblari haqida gapirdi.
«Endi Konor Dastin Pore bilan jang o‘tkazishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Toni Fergyuson kamar uchun bahsda Nurmagomedov bilan to‘qnash keladi. Keyin ushbu janglarning g‘oliblari bir-birlari bilan jang o‘tkazadilar», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMA Mania.
UFC rahbari ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda asosiy masala rossiyalikning ehtimoliy chetlatilishi hisoblanadi.
«Umid qilamanki, Nurmagomedov bir yildan ortiq muddatga chetlatilmaydi», - deya qayd etib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni ayblab chiqqandi.
Mavzuga oid
00:41
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024