Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vilya va Inesta yana jamoadoshlarga aylandi
«Nyu-York Siti» hujumchisi David Vilya faoliyatini Yaponiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Futbolchining o‘zi tvitterda tasdiqlashicha, endi u «Vissel Kobe» klubi a'zosiga aylandi. Ushbu jamoada uning Ispaniya terma jamoasi va «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Andres Inesta ham to‘p suradi.
36 yoshli Vilya MLS`ning so‘nggi 4 mavsumida ishtirok etdi. U 2013 yil yozida «Barselona»dan «Atletiko»ga o‘tgan, oradan bir yil o‘tib Nyu-Yorkka ko‘chib ketgan edi. Bu mavsum klub chempionatni 3-o‘rinda yakunladi, David esa 26 o‘yinda maydonga tushib, 20ta golda bevosita ishtirok etdi (15+5).
