"Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Nyu-York Siti"da to‘p surayotgan David Vilya "Filadelfiya Yunion"ga qarshi o‘yinda maydon markazidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Vilya 90-daqiqada 50 metr masofadan raqib darvozaboni bo‘yidan to‘pni oshirib, gol urdi.

"Men yugurishdan charchadim va shu sababli tepishga qaror qildim", – dedi Vilya.

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 2:0 hisobida "Nyu-York Siti" foydasiga hal bo‘ldi.