Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron sanksiyalarga qaramay raketa sinovlarini davom ettirishini ma'lum qildi
Eron raketa sinovlarini davom ettirish uchun boshqa davlatlar ruxsatini olishga muhtoj emas. Bu haqda Eron qurolli kuchlari vakili, brigada generali Abulfazl Shakarchi ma'lum qildi.
Shakarchining aytishicha, Tehron o‘z raketa dasturiga o‘zgartirishlar kiritish va milliy xavfsizlik sohasiga taalluqli boshqa masalalardan voz kechishni rejalashtirmayapti.
“Raketalar va Eron mudofaa sanoatining boshqa vositalarining sinovlari mudofaa va tiyib turishga mo‘ljallangan, ular qanday olib borilayotgan bo‘lsa, shunday davom ettiriladi”, deb aytgan general.
Shakarchi AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning Eron BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga zid ravishda ballistik raketa sinovini o‘tkazgani haqidagi so‘zlariga shunday izoh bergan.
“Bu masala muzokaralar doirasidan tashqariga chiqadi va milliy xavfsizligimizga taalluqli. Biz bu uchun birorta davlatdan ruxsat so‘ramaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Shakarchi.
Avvalroq Pompeo Eron o‘rta masofalarga mo‘ljallangan, bir nechta jangovar kallak tashiy oluvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, bu raketa bilan Yevropaning ba'zi qismlariga va Yaqin Sharqning istalgan joyiga zarba berish mumkin.
Mavzuga oid
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
15:10 / 05.05.2026
CBS: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning ikki esminetsiga hujum qildi
13:42 / 05.05.2026
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
12:32 / 05.05.2026