Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda ilk bor xalqaro qurol-aslaha ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Misr poytaxti Qohirada 3 dekabrda Birinchi xalqaro mudofaa va harbiy sanoat ko‘rgazmasi EDEX 2018 (Egypt Defence Expo) ochiladi.
Ko‘rgazma Qohiradagi Xalqaro ko‘rgazma markazida 5 dekabrgacha davom etadi. Ko‘rgazma Misr mudofaa vazirligi va Britaniyaning Clarion Events hamkorligida o‘tkazilmoqda.
EDEX 2018 Afrikada qurol sotib olish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Misrdagina emas, balki butun Afrika qit'asidagi ilk shunday turdagi ko‘rgazma bo‘ladi. Ko‘rgazmaning saytida ko‘rsatilishicha, ekspozitsiya “ishtirokchilarga eng yangi qurol texnologiyalari, qurilmalar va tizimlarni namoyish qilishga” imkon beradi.
Tadbir tashkilotchilarining ma'lum qilishicha, ko‘rgazmada umumiy hisobda Misr va 41 ta davlatning mudofaa, zamonaviy texnologiyalar, xavfsizlik va himoya tizimlarini ishlab chiqarish va yetkazish sohasida mashg‘ul bo‘lgan 373 ta kompaniyasi ishtirok etadi. Ko‘rgazmaning o‘tkazilishi kunlari unga turli davlatlardan 10 nafar mudofaa vaziri, 7 nafar bosh shtab boshlig‘i va 8 nafar mudofaa sanoati vaziri, 10 mingdan ko‘proq odam tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, ko‘rgazmada Rossiyadan 13 ta, AQShdan 42 ta, Fransiyadan 32 ta, BAAdan 27 ta va Xitoydan 20 ta kompaniya va firmalar ishtirok etadi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Ukraina va boshqa davlatlar kompaniyalari ham ko‘rgazmada o‘z qurollari va harbiy texnikasini namoyish qiladi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026