Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi yanada ko‘paydi
Bloomberg Billionaire Index reytingiga kiruvchi 24 rossiyalik milliarderning umumiy boyligi 2018 yil boshidan 2,6 mlrd dollarga ko‘paydi.
Eng katta o‘sishga “Novatek” va “Sibur” egalaridan biri Gennadiy Timchenko ega bo‘ldi: uning boyligi joriy yilning ilk 10 oy ichida 3,7 mlrd dollarga ko‘payib, 14,8 mlrd dollarga yetgan.
Timchenkoning “Sibur” va “Novatek” bo‘yicha hamkori Leonid Mixelsonning boyligi esa 3,6 mlrd dollarga ko‘payib, 20,3 mlrd dollarga yetgan. Ayni vaqtda Mixelson Bloomberg talqiniga ko‘ra eng boy rossiyalik hisoblanadi.
Mixelsonning ortidan “Norilskiy nikel”ning eng yirik aksiyadori Vladimir Potanin 20 mlrd dollar bilan kelmoqda. Uning boyligi yil boshidan 1,1 mlrd dollarga ko‘paygan. Eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida 3-o‘rinni Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisin 18,6 mlrd dollar bilan egallamoqda. U yil boshidan 584 mln dollarga boyigan.
Shu bilan birga ba'zi rossiyalik milliarderlarning aktivlari kamaygan. “Severstal” egasi Aleksey Mordashovning boyligi 1,5 mlrd dollarga kamaygan va hozirda 18,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda (reytingda 4-o‘rin). USM Holding xoldingi egasi Alisher Usmonovning boyligi 720 mln dollarga kamaygan va 13,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. “Renova” aksiyadori Viktor Vekselberg 2,9 mlrd dollar yo‘qotgan, uning boyligi 13,3 mlrd dollarga baholangan.
Ayni vaqtda Bloomberg Billionaire Index reytingining uchta birinchi pozitsiyasini 140 mlrd dollar bilan Jyeff Bezos, 96,1 mlrd dollar bilan Bill Geyts va 89,6 mlrd dollar bilan Uorren Baffet egallamoqda.
Mavzuga oid
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
22:36 / 10.03.2026