11:18 / 03.12.2018
3137

ShHT Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 28 noyabr – 2 dekabr kunlari Kunmin shahrida (Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning muxtor vakillari ShHT joriy faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Yig‘ilishda tashkilot ishchi organlarining bo‘lajak majlislarida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlarning loyihalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Top