Jahon | 08:55 / 04.12.2018
10877
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko G‘arbning Azov dengizidagi hodisaga munosabati haqida gapirdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, G‘arb Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga «tez» munosabat bildirdi. U bu haqda ICTV efirida aytib o‘tdi.

Shuningdek, Poroshenko bunday munosabatni «juda muhim», deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Putin haqida ochiq gapirgandi.

Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytdi. 

«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko. 

Poroshenko mamlakatni 2014 yilda boshqara boshlaganidan beri, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning mustamlakasi bo‘lishdan to‘xtadi.

Mavzuga oid